Hamkorlik va sheriklik dasturimga xush kelibsiz! Birinchi maqola.

Assalomu-aleykum hurmatli sheriklar, hamkorlar! Sizlar bilan men Oxunjon G’aybullayev va men Sizni ushbu yangi ochilgan blogimda ko’rib turganimdan bag’oyat xursandman. Bu blogni mening video, audio kurslarimni internetda targ’ib qilib pul ishlashni xohlagan barcha yigit-qizlar, hamkor va sheriklar uchun ochdim (ya’ni Sizlar uchun).

Ko’rib turganingizdek blogning ba’zi sahifalari hali bo’sh va bu bo’shliklar yaqin kelajakda to’ldiriladi. Bu blogda internetda pul ishlashni umuman tushunmaydigan, bilmaydigan odamga ham, mening sheriklik dasturimda qanday daromad qilish kerakligi to’g’risida tushunarli qadam ba qadam o’quv kurslari berib boriladi.

Sherik va hamkorlar uchun qiziqarli aksiyalar, marafon  va bellashuvlar tashkil qilinadi. Siz bu dasturda ishtirok etib nafaqat pullik yutuq balki, juda qimmat sovg’alarga ega bo’lishingiz mumkin. Masalan: planshetlar, iPhone, iPod, iPad va boshqa foydali jihozlar.

Bir sirni Sizlarga aytay, bir kun kelib, ushbu blogda manabunday sovg’alarni qoyishni ham niyat qilganmiz:

 

Sizga qanaqa moshina yoqadi? Menga manabunaqasi yoqadi… Va men g’olib bilan birga borib salonda, tantanali ravishda moshina kalitini topshiraman.

Qalay Sizga mening niyatlarim?

Yaxshi niyat, yarim davlat. Yaxshi niyat qilsak bir kun kelib erisharmiz, insholloh.

Qisqasi, bu blogda internetda pul ishlash bo’yicha barcha sheriklik dasturlari to’g’risida ma’lumotlar berib boriladi. Sheriklar va hamkorlar uchun turli xil tadbirlar o’tkaziladi. Bunday foydali ma’lumotlarni o’tkazib yubormaslik uchun ushbu blog yangiliklariga obuna bo’ling.

Agar hali ham sheriklik dasturimda ro’yxatdan o’tmagan bo’lsangiz manabu yerga bosib ro’yxatdan o’tib oling.

Ro’yxatdan o’tgan bo’lsangiz bu yerdan shaxsiy kabinetingizga kirib ishni boshlashingiz mumkin.

Shu bilan hozircha tamom. Hammaga xayr! Ishlaringizga omad.

Hurmat bilan Oxunjon G’aybullayev

Posted in MAQOLALAR.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *