«Biznes kaliti» video kurs relizi. Sheriklar va hamkorlar diqqatiga!

Biznes

Assalomu aleykum hurmatli sheriklar! Sizlar bilan Umidjon Obudov. Bukun Sizlar uchun bir yangilik, Oxunjon G’aybullayevning birinchi pullik kichik video kursi uzinfobiz.ru saytida chop etildi. Kurs narxi kulgili, atigi 15 000 so’m, ikkita jizzax somsaning puli(((. Nima demoqchiman…

bu kursni har qanday bolakayning olishga qurbi etadi. Bu kursga bunday narx qo’yishdan maqsad, bilim olishga motivatsiya berish, boyib ketish emas har holda. Kursdagi ma’lumotlarning esa ancha foydasi tegadi deb hisoblayman.

Kurs ushbu sheriklik dasturiga ham kiritildi va sheriklar uchun ushbu kursni internetda targi’b qilib pul ishlash imkoniyati tug’ildi. Har bir sotilgan nusxadan 50 rubl birinchi darajali ulush va 10 rubl ikkinchi darajali ulush sherik uchun ajratilgan.

Agar siz dasturda ro’yxatdan o’tgan bo’lsangiz, shaxsiy kabinetingizda berilgan sheriklik ssilkalaringizni olib o’zingizning ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringizga tavsiya qilishingiz mumkin. Qanday qilishni manabu QO’LLANMA sahifasidan bilib olishingiz mumkin.

Aytgancha, bukun erta yangi «Sayt tuzish va yuritish oson va oddiy» nomli video kurs ham internet yuzini ko’radi va Siz ushbu kursni targ’ib qilib yaxshi pul ishlashingiz mumkin. Chunki bu kurs ancha qimmat turadi. Shuning uchun yangiliklarga obuna bo’lib qo’ying, kurs chiqqan zahoti pochtangizga xabar yuboriladi.

Shuning bilan bukunga tamom, ishlaringizga omad tilab hozircha Sizlar bilan xayrlashaman, xayr!

Hurmat bilan Umidjon Obudov.

Posted in MAQOLALAR.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *